Ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashgan kengash faoliyati 2018-yilda qaytadan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan yuridik fanlar bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha ilmiy kengash tuzildi va kengash shifri DSc.27.06.2017.Yu.25.01 deb belgilandi.
Kengashga “12.00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” va “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalarni olish uchun dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori asosida yuqoridagiixtisosliklar hamda chet tili (ingliz tili) bo‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyalari tarkibi ma’qullandi.
Kengash faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish,ichki ishlar organlari faoliyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyatlarni tergov qilish sohasida mavjud muammolar bo‘yicha fundamental va amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.