Diqqat! Sayt sinov rejimida

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

     Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi 2017-yilda ochilgan.

     Bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini hamda ular faoliyatidagi ilg‘or tajribalar, hozirgi zamon fan va texnikasi erishgan yutuqlarga muvofiq kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, texnik va axborot muammolarini hal etish;

ichki ishlar organlari faoliyatining konseptual asoslari, samarali shakl va usullarini ishlab chiqish hamda normativ hujjatlar loyihalari, o‘quv va metodik adabiyotlar, shuningdek ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq tahliliy materiallar va takliflarni tayyorlashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari, ya’ni ilmiy mahsulot yaratishni tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash;

ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish maqsadida belgilangan yo‘nalishlarga muvofiq ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini belgilash;

      Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyati holatini va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish, ilmiy tadqiqotlar olib borilishini muvofiqlashtirish, ustuvor muammolar va ularning yechimi uchun zarur resurslar bo‘yicha qarorlar tayyorlash;

      Akademiya kafedralari, shuningdek IIV tizimiga kiruvchi va boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, ilm-fanning zamonaviy natijalarini yorituvchi monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va o‘quv jarayoniga joriy qilish.

      Bo‘lim tomonidan respublika va xalqaro miqyosidagi seminarlar, konferensiya va davra suhbatlari ham o‘tkazilib, innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovlari tashkil etib kelinmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech