O'z Ўз Ру En
×

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi 2017 yilda tashkil etilgan. Mazkur tarkibiy tuzilma uchta kafedra – gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda tibbiy tayyorgarlik kafedrasining birlashtirilishi natijasida vujudga kelgan.

Kafedra birlashgunga qadar tarkibiy tuzilmalarni turli yillarda M.Nurmatov, B.Kononenko, B.To‘ychiyev, F.Abdurahmonov, tibbiyot fanlari doktori, professor M.Rizayev, Ch.Saidov, J.Botayev, A.Ortiqov va boshqalar boshqargan.

Kafedrada kunduzgi ta’lim kursantlari uchun «Falsafa», «Iqtisodiyot nazariyasi», «Sud buxgalteriyasi», «Milliy g‘oya va O‘zbekiston strategiyasi», «Fuqarolik jamiyati», «Birinchi tibbiy yordam asoslari va valeologiya», «Sud tibbiyoti va psixiatriyasi» fanlaridan dars beriladi. Shuningdek, rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun «Milliy g‘oya va rahbarlik san’ati», «Huquq falsafasi», «Rahbarning notiqlik mahorati», «Ichki ishlar organlarining moliyaviy va xo‘jalik faoliyati» fanlari o‘tiladi.

Jamoa professor-o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar davlat ta’lim standartlari asosida interfaol usullar yordamida olib boriladi. Keyingi yillarda kafedra fondi «Falsafa», «Sotsiologiya»,«Huquq falsafasi», «Rahbarning notiqlik mahorati», «Iqtisod nazariyasi», «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti», «Ma’naviyat asoslari», «Demokratiya: savol-javob», «Demokratiya: ilmiy-izohli lug‘at», «Birinchi tibbiy yordam», «Sudebnaya meditsina», «Sudebnaya psixiatriya», «Daktiloskopicheskaya ekspertiza», «Sud tibbiyoti va psixiatriyasi» kabi darslik va qo‘llanmalar bilan boyitildi.

Kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan «Taraqqiyot», «Istiqlol» ilmiy to‘garaklarida har yili o‘nlab iqtidorli kursantlar saralab olinadi va «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», «Iqtisodiyot nazariyasi» fanlaridan respublika fan olimpiadalariga tayyorlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech