Ushbu kafedra ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar o‘qitiladi:
kunduzgi ta’lim bakalavriati yo‘nalishida:
Pedagogika. Psixologiya;
Tergov faoliyati psixologiyasi;
Tezkor-qidiruv faoliyati psixologiyasi;
Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati psixologiyasi;
Kasbiy psixologiya;
Penitensiar psixologiya;
Umumiy psixologiya;
Pedagogika;
Ijtimoiy psixologiya;
Deviantologiya;
Kriminal psixologiya;
Umumiy psixodiagnostika va eksperimental psixologiyadan praktikum;
Ichki ishlar organlarida psixologik xizmatni tashki etish va psixologik maslahat;
Yosh davrlari va differensial psixologiya.
Sirtqi ta’lim yo‘nalishida:
Pedagogika. Psixologiya;
Kasbiy psixologiya.
Kafedra qoshida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy xona, “Yurist psixologlar” iqtidorli kursantlarning ilmiy to‘garagi tashkil etilgan.
Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida kafedra Ichki ishlar vazirligining tegishli sohaviy xizmatlari, ichki ishlar organlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.