Ushbu kafedra ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar o‘qitiladi:
kunduzgi ta’lim bakalavriatida:
Ichki ishlar organlari profilaktik faoliyati:
Profilaktika inspektorining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyati;
Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
Kriminologiya;
Viktimologiya;
Korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari.
Sirtqi ta’limda:
Ichki ishlar organlari profilaktik faoliyati;
Profilaktika inspektorining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyati;
Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati.
Kafedra qoshida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy xona, o‘quv tezkor-tergov guruhi, “Yosh profilaktika inspektori” iqtidorli kursantlarning ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarida kafedra filiallari faoliyat yuritadi.
Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida kafedra Ichki ishlar vazirligining tegishli sohaviy xizmatlari, hududiy ichki ishlar organlari va yuridik ta’limga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.