Diqqat! Sayt sinov rejimida

Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi

      Ushbu kafedra ichki ishlar organlarining tergov faoliyati uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.

      Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar o‘qitiladi:

      kunduzgi ta’lim bakalavriatida:

Tergov faoliyati;

Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi;

Kriminalistik taktika va metodika.

      Sirtqi ta’limda:

Tergov faoliyati.

      Kafedra qoshida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy xona, o‘quv tezkor-tergov guruhi hamda “Yosh tergovchilar” iqtidorli kursantlarning ilmiy to‘garagi tashkil etilgan.

      Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida kafedra Ichki ishlar vazirligining tegishli sohaviy xizmatlari, adliya va sud organlari, yuridik ta’limga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech