Ushbu kafedra ichki ishlar organlarining boshqaruv va axborot-tahlil faoliyati uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar o‘qitiladi:
kunduzgi ta’lim bakalavriatida:
Ichki ishlar organlarida axborot-tahlil ishi;
Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtab va yuridik ta’minlash faoliyati;
Ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash va ish yuritishni ta’minlash faoliyati;
Ichki ishlar organlarida boshqaruv va axborot-tahlil faoliyati asoslari.
Kafedra qoshida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy xona, iqtidorli kursantlarning ilmiy to‘garagi tashkil etilgan.
Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida kafedra Ichki ishlar vazirligining tegishli sohaviy xizmatlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.