O'z Ўз Ру En
×

Jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash kafedrasi

Ushbu tarkibiy tuzilma 2017 yilda Ichki ishlar organlarida boshqaruvni tashkil etish hamda Ichki ishlar organlarining axborot-tahlil faoliyatini tashkil etish kafedralari negizida yuzaga keldi.

Jamoaga yuridik fanlar nomzodi, dotsent S.Axmedova, A.Kogay, yuridik fanlar doktori, professor I.Ismailov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.Saidov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent D.Muxamadaliyev hamda yuridik fanlar nomzodi, dotsent M.Ziyodullayev rahbarlik qilishgan.

Kafedrada «Ichki ishlar organlarida boshqaruv nazariyasi», «Ichki ishlar organlarining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash faoliyatini boshqarish», «Ichki ishlar organlarining axborot- tahlil faoliyatini tashkil etish», «Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlashni tashkil etish», «Ichki ishlar organlarining boshqaruv va axborot-tahlil faoliyati asoslari», «Ichki ishlar organlarining jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash faoliyati» fanlarini o‘qitish hamda ichki ishlar organlari tizimi uchun boshqaruv, axborot- tahlil, kadrlar bilan ishlashni, shuningdek jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash faoliyatini samarali amalga oshirishni tashkil etish uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilib kelmoqda.

So‘nggi yillarda kafedra fondi «Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati», «Ichki ishlar organlarida boshqaruvni tashkil etish asoslari», «Ichki ishlar organlarining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash faoliyatini boshqarish», «Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlashni tashkil etish», «Ichki ishlar organlarining boshqaruv va axborot-tahlil faoliyati asoslari», «Ichki ishlar organlarining jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash faoliyati», «Ichki ishlar organlari tayanch punktlarida profilaktika inspektorlari faoliyati va hamkorligini tashkil etish» singari darslik va qo‘llanmalar bilan boyitildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech