O'z Ўз Ру En
×

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash kafedrasi

Kafedra 1999 yilda yo‘l-transport harakati xavfsizligini tashkil etish kafedrasi nomi bilan faoliyat boshlagan. 2015 yilda tarkibiy tuzilma umumiy harbiy fanlar kafedrasi bilan birlashtirilib, harbiy va avtomobil tayyorgarligi kafedrasi nomini oldi. 2017 yildan ushbu tarkibiy tuzilma yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash mutaxassislik kafedrasiga aylantirildi.

 

Kafedrada kunduzgi va sirtqi ta’lim uchun quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  • «Avtomobil tayyorgarligi»
    «Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati faoliyati»
    «Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari»
    «Avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va nazor ati»
    «Yo‘l-transport hodisalari, ekspertizasi va pr ofilaktikasi»
     

Turli yillarda jamoaga N.Muhitdinov, A.Akilov va B.Umarovlar rahbarlik qilish­gan. O‘quv jarayonida kursant (tinglovchi)lar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, yo‘l-patrul xizmatining asosiy yo‘nalishlari, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashning texnik ko‘rigi, atrof-muhitni muhofaza qilish, avtomobilni boshqarish bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Mashg‘ulotlar zamonaviy multimedia vositalari va ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan xonalar hamda Akademiya avtodromida olib boriladi. O‘quv yili yakunida kursantlarga «V» toifali haydovchilik guvohnomasi va «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash» faoliyati bo‘yicha huquqshunos mutaxassislik diplomi beriladi.

 

Jamoa sa’y-harakati bilan «Avtomobil tayyorgarligi», «Avtomobilning umumiy tuzilishi», «Yo‘l harakati qoidalariga sharhlar», «Yo‘l belgilari va chiziqlari», «Yo‘llarda harakatlanish: belgilar, atamalar, tushunchalar», «Yo‘l-patrul xizmati xodimiga qo‘llanma», «Yo‘l harakati qoidalariga sharhlar, amaliy tavsiyalar», «Transportda xavfsizlikni tashkil etish» singari darslik va qo‘llanmalar nashrdan chiqarilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech