O'z Ўз Ру En
×

Tillarni o‘rganish kafedrasi

1968 yilda Toshkent oliy militsiya maktabi tarkibida rus va chet tillari kafedrasi tashkil etilib, unga filologiya fanlari nomzodi V.Revtov boshliq etib tayingangan edi. 1989 yilda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi bilan IIV Toshkent oliy maktabida o‘zbek tili fani o‘qitila boshlandi (keyinchalik o‘zbek adabiyoti kursi ham kiritildi). 1999 yilda kafedra ikki mustaqil kafedraga – o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda chet tillari kafedrasiga bo‘lindi. 2004 yilda mazkur tarkibiy tuzilmalar birlashtirilib, tillar va adabiyot kafedrasi tashkil etildi. 2015 yilda u tillarni o‘rganish kafedrasi deb nomlandi.

Turli yillarda kafedrani filologiya fanlari nomzodi D.Zaynutdinova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Rustamov boshqargan.

Kafedraning maqsadi ichki ishlar organlariga davlat tili va chet tillarini puxta biladigan, yuqori darajadagi nutq va muomala odobi hamda chet tillaridan birini o‘z kasbiy faoliyatida erkin qo‘llay oladigan kadrlar tayyorlashdan iborat. Kafedrada ingliz, rus va o‘zbek tilidan saboq beriladi.

Keyingi yillarda kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida tilshunoslik muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda kafedra fondi ingliz, o‘zbek va rus tillaridan darsliklar, «Nemis tili», «Mening kasbim – yurist», «Uroki po razvitiyu navikov ustnoy rechi», «Izuchayem russkiy yazik», «Padeji uzbekskogo i russkogo yazikov», «Sbornik uprajneniy po russkomu yaziku», «My speciality», «Ingliz tili», «Detective stories», «English textbook for independent reading», «Ingliz tilini o‘yinlar yordamida o‘rganamiz», «Ingliz tilini chizma va jadvallar yordamida o‘rganamiz», «Protsessual hujjatlarning stilistik modellari», «Huquqshunoslik mutaxassisligi tili», «Mutaxassislik tili», «The Law and The Police» va boshqa qo‘llanmalarga ega.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech