O'z Ўз Ру En
×

Fuqarolik-huquqiy fanlari kafedrasi

Mazkur kafedra 1976 yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Jamoaga turli yillarda yuridik fanlar nomzodi E.Boush, O.Muxamedjanov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Sh.Asyanov, yuridik fanlar nomzodi I.Tulteyev, yuridik fanlar doktori, professor J.Xolmo‘minov, yuridik fanlar nomzodi M.Turg‘unov, yuridik fanlar doktori, dotsent O.Kamalov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.Ismoilov rahbarlik qilishgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach suveren respublika oldida mulkiy munosabatlarning huquqiy asosi hisoblangan yangi fuqarolik qonunchiligini ishlab chiqish muammosi turardi. Ushbu muhim vazifani bajarish uchun davlat komissiyasi tuzilib, uning tarkibiga kafedra a’zolari ham kiritilgan. Ular fuqarolik qonunchiligini rivojlantirishga, fuqarolik-huquqiy islohotlarning asosiy sabablari, maqsad va vazifalarini belgilashga, keyinchalik qabul qilingan yangi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining asosiy qoidalarini nazariy ishlab chiqishga muhim hissa qo‘shdilar.

Kafedrada «Fuqarolik va oila huquqi», «Ekologiya huquqi», «Mehnat huquqi», «Moliya huquqi» va «Fuqarolik protsessi» fanlari o‘qitiladi. Hozirgi kunda jamoa professor-o‘qituvchilari ta’lim jarayonini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari, zamonaviy vositalari va ilg‘or usullarini qo‘llagan holda olib bormoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyatini ko‘tarish maqsadida o‘tgan yillar mobaynida o‘nlab nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayonini ta’minlash maqsadida o‘quv- metodik hamda ilmiy-nazariy ishlar nashr qilindi. Ular sirasiga «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsif va sharhlar», «Ekologiya va qonun», «Fuqarolik va oila huquqi», «Mehnat huquqi», «Ekologiya huquqi», «Fuqarolik protsessi»,«Mehnat huquqi», «Oila huquqi» va boshqalarni kiritish mumkin. Kafedra Akademiyaning yosh ilmiy-pedagogik kadrlarini tayyorlash jarayoniga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun kursantlarning ilmiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech