O'z Ўз Ру En
×

Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi

Mazkur tarkibiy tuzilma 2017 yilda davlat va huquq nazariyasi, inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti hamda konstitutsiyaviy huquq kafedralari negizida tashkil etilgan.

Turli davrlarda jamoaga yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.Magrupov, yuridik fanlar nomzodi, professor R.Qayumov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.Dzaparov, yuridik fanlar nomzodi K.Djumabayev, yuridik fanlar doktori, professor H.Odilqoriyev rahbarlik qilishgan.

Yuridik oliy ta’limning darajasi unda o‘qitiladigan fundamental fanlarning holati hamda sifatiga bog‘liq. Davlat-huquqiy fanlar kafedrasida o‘qitiladigan fanlar yuridik fanlar tizimida asosiy o‘rin egallaydi. Kafedra «Davlat va huquq nazariyasi», «Davlat va huquq tarixi», «Konstitutsiyaviy huquq», «Inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti» kabi fanlardan ta’lim berish bilan birga, bo‘lajak huquqshunoslarda huquqiy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi.

Kafedrada kunduzgi ta’lim kursantlari uchun «Konstitutsiyaviy huquq», «Dinshunoslik. Islom huquqi», «Davlat va huquq nazariyasi» fanlari, Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun «Ichki ishlar organlarining boshqaruv faoliyati», «Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik» o‘quv moduli o‘tiladi. O‘tgan yillar mobaynida «Davlat va huquq nazariyasi», «Davlat va huquq tarixi», «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh», «Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati», «Siyosiy madaniyat» kabi 200 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma hamda monografiyalar chop etildi. Kafedrada «Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; huquqiy ta’limotlar tarixi» mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari muhokama qilinadi, ular yuzasidan taqrizlar beriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech