Diqqat! Sayt sinov rejimida

"Akademiya noshirlik markazi" davlat unitar koroxonasi

 

 

"Akademiya noshirlik markazi"

davlat unitar koroxonasi nizomi

       

"Akademiya noshirlik markazi"

davlat unitar koroxonasi

2022 yilga mo‘ljallangan

biznes rejasi

 

«Akademiya» davlat unitar noshirlik markazining tarixi 1967 yilda nusxa ko‘paytirish maxsus xonasi tashkil etilishidan boshlangan. Turli yillarda bu yerda T.V.Makarenko, N.A.Kamolova, S. Ch. Pak, N.V.Nikitina, V.D.Siryulnikova kabi xodimlar ishlaganlar.

 

 

1996 yilda nusxa ko‘paytirish maxsus xonasi negizida dasturiy-poligrafik ta’minot bo‘limi tashkil etilgan. Unga boshliq etib yuridik fanlar nomzodi D.S.Muhammadaliyev tayinlangan. Uning boshchiligida Akademiya hududida bosmaxona uchun zamon talablariga javob beradigan yangi bino qurilgan. Bo‘lim zamonaviy kompyuterlar, bosmaxona faoliyati uchun kerakli zamonaviy texnika bilan ta’minlangan. Bu davrda bo‘limda D.R.Jalilov, A.A.Basirova, N.A.Kamolova xizmat olib borganlar.

 

 

2001 yil yanvar oyida bo‘lim bilan birga xo‘jalik hisobi tartibida faoliyat yurituvchi «Akademiya» davlat unitar noshirlik markazi tashkil etilgan. Unda D.S.Muhammadaliyev rahbarligida K.J.Adhamov, Sh.M.Mirazimovlar faoliyat ko‘rsatgan.

 

 

2004 yilda Akademiyadagi shtat o‘zgarishlari natijasida dasturiy-poligrafik ta’minot bo‘limi faoliyati tugatilib, uning vazifalari Akademiya noshirlik markaziga topshirilgan.

 

 

2012 yildan S.E.Ernazarov rahbarligida korxona faoliyati qayta tashkil etildi, moddiy jihatdan takomillashtirildi, yangi ko‘paytirish texnikasi bilan ta’minlandi. Shtatlar tarkibi zamon talablari asosida o‘zgartirildi. Ofset mashinalariga ega bino yangitdan qurilib, katta hajmda bosma mahsulotlar chiqaradigan uskunalar bilan jihozlandi.

 

 

IIV xo‘jalik boshqarmasi huzuridagi maxsus bosmaxona faoliyati tugatilgach, Akademiya noshirlik markazi Vazirlik tizimi uchun maxsus nashrlar va matbaa mahsulotlari yetkazib beradigan yagona korxonaga aylandi. Bugun bu yerda nafaqat ichki ishlar idoralari tizimidagi, balki barcha huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalari uchun ham zarur maxsus hujjatlar, blanklar chop etiladigan sex ishga tushirildi.

 

 

Hozirgi kunda korxonada uning boshlig‘i podpolkovnik D.T.Atadjanov, boshliq o‘rinbosari kapitan U.U.Qodirov, bosh buxgalter M.I.Baymatova, menedjer G.X.Muxammadjonova, katta muhandis A.M.Janpulatov, texnik muharrir-sahifalovchilar N.F.Axralova, D.A.Rasulova, teruvchi operatorlar M.T.Tolipova va I.Z. Ergashevalar, faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

 

Markaz o‘zini o‘zi ta’minlash asosida ishlab, mustaqil balansiga va hisob raqamiga ega.

 

 

Markaz kuyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: noshirlik faoliyati, matbaa faoliyati, gazeta, jurnal va boshqa davriy nashrlarni chiqarish va tarqatish, hisobot blankalarini ishlabchiqarish va tarqatish. Shuningdek, bosmaxonada eskiz tayyorlash hamda sifatli poligrafik mahsulotlarini ishlabchiqarish va yetkazib berish amalga oshiriladi. O‘quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda tahririyat-noshirlik bo‘limi bilan yaqindan xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv jarayoni uchun zarur bosmaxona mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

 

 

Bugungi kunda “Akademiya noshirlik markazi” DUK bir kunda 50 000 dan ortiq A3 formatli blanka mahsulotlari, 250 dan ortiq rangli kitob jildlarini chop etish, laminatsiya qilish, shuningdek 100 dan ortiq rangli dasturlar, bukletlar va papkalar ishlabchiqarish quvvatiga ega.

 

 

Umuman olganda, Vazirlik Akademiyasining ta’lim jarayonini o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan yillik nashr rejasida belgilangan adabiyotlar va IIVga qarashli boshqa tuzilmalar tomonidan berilgan buyurtmalar o‘z vaqtida chop etilmoqda.

 

 

Binobarin, 2021 yilda umumiy 1500 bosma taboq hajmdan ortiq darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruzalar kursi, ilmiy maqolalar to‘plami, konferensiyalar materiallari va monografiyalar chop etilgan.

 

 

Markaz Ichki ishlar vazirligiga qarashli boshqa tuzilmalar hamda ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan xodimlardan ham buyurtmalar oladi, eskiz tayyorlash, hamda sifatli poligrafik mahsulotlarni yetkazib berishni amalga oshiradi. O‘quv jarayoni uchun kerakli mahsulotlar chiqarishda o‘quv hamda tahririyat-noshirlik bo‘limlari bilan yaqindan xamkorlik qiladi.

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech