Sirtqi ta’lim fakulteti 2018-yilda yangidan tashkil etilgan.
Fakultetning asosiy maqsadi – ichki ishlar organlari uchun yuksakkasb mahoratga ega bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizliginita’minlash faoliyati bo‘yicha yuksak kasbiy xislatlarga ega bo‘lgan, bilimli, malakali va oliy ma’lumotli huquqshunos kadrlar tayyorlashdir.
Fakultetning asosiy vazifalari:
ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatiga oid zamonaviy nazariy va ilg‘or amaliy tajribalar hamda bilimlarni egallagan, olgan bilimlarini kasbiy faoliyati va xizmat vazifalarini bajarishda qo‘llay oladigan mutaxassislar tayyorlash;
huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini vijdonan himoya qilishga qodir, yuksak madaniyatli, ijtimoiy faol, halol va intizomli xodimlarni tarbiyalash;
tinglovchilarda rahbarlik (yetakchilik) xislatlarini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlash vazifalarini vijdonan bajarishga imkon beruvchi jamoani boshqarish, unda sog‘lom axloqiy muhit yaratish ko‘nikmalari va mahoratini hosil qilish;
tinglovchilarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur kasbiy psixologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
tinglovchilarning xizmat burchlarini to‘liq va vijdonan bajarishlarini ta’minlash maqsadida, yuksak kasbiy mahoratni shakllantirishga qaratilgan jismoniy, jangovar, maxsus va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish;
tinglovchilarning kundalik xizmat faoliyatida mohirona boshqaruvni ta’minlash, murakkab vaziyatlarga qisqa fursatlarda moslashish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga qaratilgan yuqori jangovar, axloqiy-ma’naviy, ruhiy fazilatlar hamda xususiyatlarni o‘zlashtirishiga erishish;
tinglovchilarning o‘zlashtirish va tayyorgarlik sifatini nazorat qilish, o‘quv jarayoni monitoringini amalga oshirish;
ta’lim jarayonida masofadan turib o‘qitish usullaridan foydalanish;
xorijiy davlatlarning turdosh yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni jalb qilish;
ijobiy tajribani, ta’limning zamonaviy shakl va usullarini joriy qilish, uning ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalarni hal qilishga amaliy yo‘nalganligini ta’minlash asosida o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;
o‘quv jarayoniga zamonaviy ilg‘or informatsion va pedagogik texnologiyalarni, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlashning ilg‘or tajribasini joriy etish;
o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari, Akademiya kafedralari va boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;
mutaxassislik yo‘nalishiga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlar ishlab chiqish;
fakultetning moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq mustahkamlash va yangilab borish.
Sirtqi ta’lim fakultetiga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat kabi bosqichlarda tashkil etiladi.
Yakunda bitiruvchilarga “Jinoyatchilikning oldini olish va ularni fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha “yurist” malakasi va diplom beriladi.