O'z Ўз Ру En
×

Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti

Ushbu tarkibiy tuzilma 1998 yil 26 fevralda tashkil etilgan. Ora­dan bir yil o‘tib, u Ichki ishlar organla­ri uchun rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha magistraturaga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 sentabrdagi «O‘zbekiston Respublika­si IIV Akademiyasida ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashni takomil­lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qa­rori bilan fakultet negizida Oliy akade­mik kurslar tashkil etildi. Jamoaga turli yillarda R.Saitbayev, F.Alimov, I.Mirzarai­mov, O‘.Muxamedovlar rahbarlik qilishdi.

2017 yildan Oliy akademik kurslar Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti maqomini oldi. Fakultetning asosiy maqsadi etib ichki ishlar organlari uchun yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan, ma’na­viy va axloqiy talablarga javob bera­digan, ichki ishlar organlari faoliyati­ni tashkil etish va boshqarishga qodir, boshqaruvga doir kasbiy xislatlarga ega, bilimli va yuksak malakali rahbar kadr­lar tayyorlash belgilandi.

Fakultetga o‘qishga kirish uchun oliy ma’lumotli, 40 yoshdan oshmagan, ichki ishlar organlarida kamida yetti yillik amaliy ish stajiga ega (bunda kunduzgi ta’lim shaklidagi o‘qish muddati hisobga olinmaydi), begilangan lavozimlar doi­rasida bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida xizmat o‘tab kelayotgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik xislatlari, sog‘lig‘i­ning holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimi­ning xizmat majburiyatlarini bajarish­ga qodir ofitserlar tarkibidagi xodim­lar nomzod sifatida ko‘rsatiladi.

Hozirgi paytda fakultetda «Ichki ishlar organlarining boshqaruv faoliya­ti» mutaxassisligi bo‘yicha malakali rah­bar kadrlar tayyorlanmoqda. Bir yillik o‘quv dasturi doirasida tinglovchilar­ga yettita o‘quv moduli bo‘yicha 26 ta fan o‘qitiladi. O‘quv jarayoni ilg‘or inno­vatsion texnologiyalar hamda interfaol usullarda amalga oshiriladi. Sohaga oid yangi adabiyotlar, darslik va qo‘llanmalar mashg‘ulotlarning davr talablari asosida o‘tkazilishini ta’minlamoqda. Har bir mashg‘ulot malakali professor-o‘qituvchi­lar hamda ichki ishlar organlarida kat­ta tajriba to‘plagan amaliyot xodimlari tomonidan olib boriladi. O‘z navbatida, tinglovchilar ichki ishlar organlarida o‘quv modullari bo‘yicha malakaviy ama­liyotni o‘tash davomida nazariy bilimla­rini yanada mustahkamlaydilar. Rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetini mu­vaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar­ga Yakuniy davlat attestatsiyasi komissi­yasining qaroriga muvofiq «Menejment» ixtisosligi, belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech