O'z Ўз Ру En
×

Huquqiy maslahatlar

Huquqiy maslahatxonaga jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillari o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar hamda ichki ishlar organlari xodimlari amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar yuzasidan savol bilan murojaat qilishlari mumkin.

Huquqiy maslahatxonaga kelib tushgan savollarga Akademiyada o‘qitiladigan huquq sohalari yuzasidan tegishliligi bo‘yicha kafedralar professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va ilmiy to‘garak a’zolari tomonidan javob beriladi.

Berilgan javob xati tavsiya xususiyatiga ega hujjat hisoblanadi.

Huquqiy maslahatxonaga savol bilan murojaat qiluvchining shaxsi hamda savolda ko‘rsatilgan ma’lumotlar yolg‘on ekanligi aniqlangan, shuningdek ariza, shikoyat yoki taklif sifatida ko‘rib chiqib javob berilishni talab etadigan hamda qonun hujjatlariga rasmiy sharh berishni so‘rab berilgan savollar ko‘rib chiqilmaydi.

Savollaringizni IIV Akademiyasining rasmiy elektron pochta manzili info@akadmvd.uzga “Huquqiy maslahatxona”ga deb ko‘rsatib, so‘ng savolingizni yozib yuborishingiz mumkin bo‘ladi. Savolingizga javob aynan Sizga yetib borishi uchun elektron pochta manzilingizni aniq qilib ko‘rsatishingiz so‘raladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech