Foydali havolalar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMAT PORTALI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING MATBUOT XIZMATI
- YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI
- QONUN HUJJATLARI MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
- YURIDIK PSIXOLOGIYA
Fuqarolik protsessida da’vo muammolari
2018 yil 9 mart kuni IIV Akademiyasi kursantlarining nazariy va amaliy bilimlarini yanada chuqurlashtirish, fukarolik protsessida da’vo instituta bilan bog‘liq muammolarni ilmiy mushohada qilish maqsadida fuqarolik-huquqiy fanlari kafedrasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligi «Fukarolik protsessida da’vo muammolari» mavzuida ilmiy-nazariy davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Akademiya professor-o‘qituvchilari, kunduzgi ta’lim 4-o‘quv kursining kursantlari ishtirok etdi.
Davra suhbatini kafedra boshlig‘i yu.f.d. dotsent O.A.Kamalov va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi f.f.d., dotsent S.N. Berdiqulov kirish so‘zi bilan ochishdi. Ushbu tadbirda «Jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilishning protsessual vositalari», «Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolik protsessual qonunchilik normalarining qo‘llanilishi», «Mulkiy zararlarni undirishda da’vo muddati» hamda «Jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash shakllari orasida fuqaroviy da’voning o‘rni» mavzularida ma’ruzalar eshitildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi, ma’ruzachilar ishtirokchilar bergan savollar bo‘yicha fikr almashishdilar, o‘qilgan ma’ruzalar muhokama qilinib, kursantlar uchun tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadbir so‘ngida kafedra boshligi, podpolkovnik O.A.Kamalov so‘zga chiqib, kursantlarga kafedra tomonidan tayyorlangan materiallardan foydalangan holda ta’lim jarayoni va amaliy faoliyat davomida davra suhbatida olingan bilim va ko‘nikmalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.