Foydali havolalar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMAT PORTALI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING MATBUOT XIZMATI
- YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI
- QONUN HUJJATLARI MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
- YURIDIK PSIXOLOGIYA
“Davlat va huquq nazariyasi bilimdoni” viktorinasi g‘oliblari aniqlandi
2019 yilning 10 may kuni IIV Akademiyasi Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan kursantlarning davlat va huquq nazariyasi fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularda hozirjavoblik, mustaqil mushohada yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmuni bo‘yicha tushunchalar hosil qilish maqsadida, 1-o‘quv kursi otryadlarining iqtidorli kursantlari o‘rtasida “Davlat va huquq nazariyasi bilimdoni” mavzuida viktorina o‘tkazildi.
Viktorinada 1-otryadning “Huquqshunos”, 2-otryadning “Vatanparvarlar”, 3-otryadning “Temuriylar”, 4-otryadning “Qonun himoyachilari”, 5-otryadning “Yosh yuristlar”, 6-otryadning “Adolat” jamoalari uchta shart asosida bellashdilar.
Birinchi shartda jamoalarning Davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha yuridik atamalar ma’nosi nechog‘lik bilishlari sinovdan o‘tkazildi. Ikkinchi shartda jamoa sardorlari o‘rtasida Davlat va huquq nazariyasi fanidan tezkor savol-javob o‘tkazildi. Uchinchi shartda esa jamoalar tomonidan tuzilgan savollar asosida bir-birlari bilan savol-javob qilishdi. Shundan so‘ng guruhlarning shartlar davomida yig‘ib borgan ballari umumlashtirilib, to‘plangan ballarga ko‘ra bellashuv g‘oliblari aniqlanadi.
Viktorina yakunida barcha shartlarda yuqori natija qayd qilgan “Yosh yuristlar” jamoasi faxrli 1-o‘rin, “Qonun himoyachilari” jamoasi 2-o‘rin, “Adolat” jamoasi 3-o‘rinni egalladi va kafedra tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.