Foydali havolalar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMAT PORTALI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING MATBUOT XIZMATI
- YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI
- QONUN HUJJATLARI MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
- YURIDIK PSIXOLOGIYA
Kitob yarmarkasi
Xozirgi kunda mamlakatimizda har sohada izchil ravishda rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tilmoqda, jumladan ta’lim-tarbiya sohasida ham, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayerda, qanday majlisda nutq so‘zlamasin, yoshlar siyosatiga alohida urg‘u berib o‘tmoqdalar.
Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar, albatta, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga va kelajakda mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadigan yetuk malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga zamin yaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ham xodimlar, kursant va tinglovchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi talablaridan kelib chiqib, ilmiy va badiiy kitoblar, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlarda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish borasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, «Eng ilg‘or kitobxon xodim», «Eng ilg‘or kitobxon kursant» ko‘rik tanlovlari, yangi chop etilgan asarlar mualliflari ishtirokida kitob taqdimotlari, nashriyotlar bilan hamkorlikda kitob yarmarkalari tashkil etilmoqda.
2018 yilning 14 avgust kuni IIV Akademiyasida yangi kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada «Adolat», «G‘ofur G‘ulom» va «O‘qituvchi» nashriyotlari o‘zlarining 190 dan ortiq yuridik, ilmiy va badiiy kitoblari bilan qatnashdilar. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Adolat» nashriyoti tomonidan nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeks, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Fuqarolik kodekslari yarmarkada ishtirok etgan Akademiya xodimlari, kursant va tinglovchilari tomonidan iliq kutib olindi. Ular o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, ushbu adabiyotlarni Axborot-resurs markazining badiiy kutubxonasi fondini boyitish uchun o‘zlarining xissalarini qo‘shishdi.