Foydali havolalar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMAT PORTALI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING MATBUOT XIZMATI
- YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI
- QONUN HUJJATLARI MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
- YURIDIK PSIXOLOGIYA
Akademiyaning xalqaro aloqalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3216-son Qarorida belgilangan kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi va mazmunini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati ta’lim xizmatlarini integratsiyalash va dunyo axborot-ta’lim makonida Akademiyaning nufuzini oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Hozirgi kunda Akademiya:
- Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT);
- Turkiya Jumhuriyati Bosh Vazir devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA);
- Xalqaro politsiya Akademiyalari assotsiatsiyasi (INTERPA);
- Yevropa Ittifoqining Budapesht shahridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarini tayyorlash bo‘yicha Agentligi (CEPOL);
- Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA);
- BMT Taraqqiyot dasturi (PROON);
- BMTning narkotiklar uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Boshqarmasi (UNP OON);
- Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MOM) bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik uzoq muddatli loyihalar, shuningdek milliy hamkor sifatida birgalikdagi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish» loyihasini amalga oshirishning huquqiy asosini belgilovchi o‘zaro anglashuv Memorandumiga muvofiq Akademiyada kadrlarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalalarida xalqaro ekspertlar ishtirokida qator master-klasslar, seminar-treninglar, xalqaro konferensiyalar o‘tkazilmoqda, shuningdek qator axborot va innovatsion markazlar tashkil etildi.
Akademiya Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) tashkiloti bilan keng aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Samarali hamkorlik natijasida turk mutaxassislarining ishtirokida Akademiya professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari, ichki ishlar organlari amaliyot xodimlari uchun jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb masalalariga oid treninglar tashkil etildi. Agentlik ko‘magida Turkiya politsiya Akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi delegatsiya a’zolarining tashrifi tashkil etilib, Turkiya politsiya Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Akademiyada xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi Politsiya universiteti, Qozoqiston Respublikasi IIV Olmaota Akademiyasi, Rossiya Federatsiyasi IIV Barnaul yuridik instituti bilan o‘zaro hamkorlik Memorandumlari imzolanishiga erishilgan.
O‘zaro delegatsiyalar almashuvi, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlarning konferensiya, seminar, «master-klass», stajirovkalardagi ishtiroki natijasida xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining o‘rganilgan ilg‘or tajribasi respublika ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning usul va shakllarini takomillashtirishda unumli foydalanilmoqda.
Akademiyaning xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirish borasida Koreya politsiya universiteti, Belarus IIV Akademiyasi, Rossiya IIV V. Ya. Kikotya nomidagi Moskva universiteti, Krasnodar universiteti, Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi IIV Akademiyasi, Xalqaro politsiya Akademiyalari assotsiatsiyasi (INTERPA), Yevropa Ittifoqining Budapesht shahridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarini tayyorlash bo‘yicha Agentligi (CEPOL) bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yuzasidan maqsadli ishlar olib borilmoqda.