Foydali havolalar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMAT PORTALI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING MATBUOT XIZMATI
- YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI
- QONUN HUJJATLARI MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
- YURIDIK PSIXOLOGIYA
Sirtqi ta’lim fakultetiga o‘qishga kirishda qaysi fanlardan imtihonlar topshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga asosan Akademiya sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
- dastlabki tanlov;
- maxsus kasbiy tanlov;
- yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
Dastlabki tanlov ichki ishlar organlarida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan nomzodlarni attestatsiyadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
- hujjatlarni o‘rganish;
- kompleks test sinovlari.
Kompleks test sinovlariga muvofiq nomzodlarning tarix, chet tili va ona tili (rus tili)ni o‘zlashtirganlik darajasi baholanadi.
Kompleks test sinovlari bo‘yicha to‘plashi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilmaydi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqshunoslik, adabiyot, ma’naviyat asoslari va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan.