Foydali havolalar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMAT PORTALI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING MATBUOT XIZMATI
- YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI
- QONUN HUJJATLARI MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
- YURIDIK PSIXOLOGIYA
Kunduzgi ta’limga o‘qishga kirishda qaysi fanlardan imtihonlar topshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan Akademiya kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
- dastlabki tanlov;
- maxsus kasbiy tanlov;
- yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
- hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi;
- hujjatlarni o‘rganish;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- psixofiziologik o‘rganish;
- yozma ish (bayon yoki insho);
- umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
- chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqshunoslik, O‘zbekiston va jahon tarixi, adabiyot, ma’naviyat asoslari va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan.